FAYOZOV MIXAIL G’IYOSOVICH

gvardiya leytenanti, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (27.06.1945)

1925-yil 25-iyun kuni Qozog‘istonning Avliyo-Ota qo‘rg‘onida tug‘ilgan. O‘zbek. Maktabning 10-sinfini va zooveterinariya texnikumining 2-bosqichini tamomlagan.
1943-yilda Qizil armiya safiga Qozog‘istonning Jambul tumani harbiy komissarligi tomonidan chaqirilgan. 1943-yil avgust oyidan Ikkinchi jahon urushida qatnashgan. 1944-yilda V.I.Lenin nomidagi Toshkent piyodalar bilim yurtining tezkor kichik leytenantlar tayyorlash kurslarini tamomlaydi.
1945-yil 23-yanvar kuni 175-gvardiya o‘qchi polkining (1-Ukraina frontining 5-gvardiya armiyasi 58-gvardiya o‘qchi divizayasi) vzvod komandiri leytenant Mixail Fayozov Oder daryosini kechib o‘tishdagi janglarda jonbozlik ko‘rsatadi. Rota komandirligini o‘z zimmasiga olib, (Polsha hududidagi) Debern aholi punkti yaqinidagi daryoning chap sohiliga bo‘linmasi bilan birgalikda birichilardan bo‘lib o‘tadi.
Fayozov boshchiligidagi rota platsdarmni egallab olib, dushmanning bir necha hujumini qaytaradi, ikkita aholi punktlarini bosib olishda ishtirok etadi, dushman qo‘shilmasining shtabini tor-mor qiladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 27-iyundagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, gvardiya leytenanti Fayozov Mixail G‘iyosovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1990-yil 30-oktyabrda vafot etgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI