FATYANOV ANDREY YEFREMOVICH

Sovet-Fin va Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (05.07.1940)

1906-yil 1-sentabrda Novaya Dmitriyevka qishlog‘ida (hozirgi Ulyanovsk viloyatining Radishchevskiy tumani) dehqon oilasida tug‘ilgan. Rus. 7-sinfni tugatgan. Qishloq xo‘jaligida, qurilishda ishlagan.
1928-yil sentabrda O‘zbekiston SSR Toshkent shahar harbiy komisariligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan. Kichik komandirlar maktabini va 1931-yilda Kachinskiy uchuvchilar harbiy maktabini tamomlagan.
1939-1940-yillarda Sovet-Fin urushida qatnashgan. 5-alohida tezuchar bombardimon aviatsiya polkining eskadriliya komandirining yordamchisi katta leytenant Andrey Fatyanov dushman qo‘shinlari, temir yo‘l tarmoqlarini va omborlarini bombardimon qilish uchun 6 marotaba muvaffaqiyatli jangovar parvozni amalga oshirgan. 1940-yil 4-fevralda A.E.Fatyanov dushman hududida urib tushirilgan eskadriliya samolyotini aniqlaydi, qo‘rqmagan uchuvchi qo‘nib, ekipajni o‘zi bilan aerodromiga olib keladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1940-yil 7-maydagi Farmoni bilan “Frontda Fin Oq gvardiyachlarga qarshi janglarda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, katta leytenant Fatyanov Andrey Yefremovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan tardirlangan.
Ikkinchi Jahon urushi 1941-yildan, keyinchalik Toshkentda sinov uchuvchisi bo‘lgan.
1942-yil 24-sentabrda O‘rta Osiyoda sinov parvozi vaqtida halok bo‘lgan. Toshkentda dafn etilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI