DOLJENKOV IGOR PAVLOVICH
 katta leytenant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi,  Sovet Ittifoqi qahramoni (01.11.1943)

1914-yil 14-aprelda Toshkentda ishchi oilasida tug‘ilgan. Umumittifoq moliya-iqtisodiy institutining sirtqi uchta kursini tamomlagan. Moskvada yashagan, turli qurilish tashkilotlarida ishlagan.
1936-1938 yillarda Qizil Armiyasida xizmat qilgan. 1942-yil dekabrda u yana armiyaga chaqiriladi. 1943-yilda Doljhenkov kichik leytenant kurslarini tugatgan.
1943-yilning iyul oyidan Ikkinchi jahon urushi qatnashсhisi. 1943-yil oktabrda katta leytenant Igor Doljhenkov Janubiy frontning 51-Armiyasi 8-qiruvchi tankka qarshi artilleriya brigadasi 492-tankka qarshi artilleriya polkining batareyasini boshqargan. Melitopolni ozod qilishda aloxida jonbozlik lo‘rsatgan.
1943-yil 17-oktabrda nemislarning qarshi hujumida dushmanning uchta tankini yakson qiladi. Batareyada faqat bitta zambarak qolganda, Doljenkovning o‘zi undan turib, yana bitta tankni yakson qiladi. Ko‘p o‘tmay, batareya qurshovda qoladi. Doljhenkov omon qolgan artilleriyachilarni yig‘ib, ularni hujumga boshlaydi. Janglar natijasida 40 dan ortiq dushman askarlari va ofitserlari yo‘q qilinadi va bu hududda Sovet qo‘shinlarining mag‘lub bo‘lish xavfi yo‘q qilinadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 1-noyabrdagi Farmoni bilan «Janglarda ko‘rsatgan mardligi va jasorati uchun», katta leytenant Igor Doljhenkov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Urushdan keyin Doljhenkov Sovet Armiyasi safida xizmatni davom ettirdi. 1952-yilda F.E.Dzerjinskiy nomidagi Harbiy akademiyani tamomlagan. 1970-yilda polkovnik unvoni bilan zaxiraga bo‘shatildi. Moskvada yashagan, ilmiy-tadqiqot institutida ishlagan. 1980-yil 8-avgustda vafot etdi.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"Aleksandr Nevskiyning SSSR" ORDENI 1942 yil

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"2-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI