DOBRIKOV IVAN ANDREYEVICH
 kapitan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi,  Sovet Ittifoqi Qahramoni (10.01.1944)

 1914-yil 13-aprelda Chistyakovo (hozirgi – Ukrainaning Donets viloyatining Torez shaxri) qo‘rg‘onida dehqon olilasida tavallud topgan. Maktabning 7 sinfini tugatgach, tog‘ texnikumning birinchi kursini tamomlagan. 1936-yil Dobrikov Qizil armiyasi safiga Toshkent viloyatining Bekobod tumani komissarligi tomonidan xizmatga chaqirilgan. 1939-yili kichik leytenantlar kursini tamomladi. Ikkinchi jahon urushi janglariga 1941-yilning iyun oyidan qatnashgan.
1943-yilning o‘rtalarida kapitan Ivan Dobrikov Voronej frontidagi 40-armiyaning 337-o‘qchilar diviziyasi, 1131-o‘qchilar polkining shtab boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Kurskdagi janglarda qatnashgan.
Ukraina SSRining Poltava viloyatini ozod qilishda va Dnepr uchun bo‘lgan janglarda alohida jonbozlik ko‘rsatdi. 1943-yil 10-11 sentabr kunlari Gadyachani ozod etish uchun bo‘lgan janglarda Ivan Dobrikov polkdagi yig‘ma guruhi bilan Psyol daryosini kechib o‘tadi va shaxar ko‘chalaridagi janglarda faol qatnashadi.
Janglarda o‘zining shaxsiy tarkibini katta qismini saqlab qoladi, shu bilan birga dushmanning anchagina askar va ofitserlarini qo‘lga olishga muvoffaq bo‘ladi. Bir necha kun o‘tgach, Chernoklev qishlog‘i yaqinidagi jangda, ikkita guruh boshchiligida Dobrikov aylanma yo’lni bosib o’tadi va dushman kuchlarini qanotga xujum qiladi, natijada batalyonga teng dushman piyodalarini yo’q qiladi. Ushbu jangda u shaxsan dushman pulemyot xisobini yo’q qiladi va nemis ofitserini asir oladi. 25-sentabrda Dobrikov batalyon bilan birga Ukraina SSR Cherkasi viloyati Monastrishinsk tumani Zarubintsi qishlog‘i hududida Dneprni kechib o‘tib, uning g‘arbiy sohilidagi platsdarmni qo‘lga kiritish va uni ushlab turishda faol ishtirok etadi.
Batalyon dushmanni ustunlik qilib turgan balandlikdan siqib chiqarishga va Kolesische qishlog’iga etib borishga erishadi. 1943-yil 29-oktabrda Dobrikov jangda vafot etadi. U Ukrainaning Kiyev viloyati Letskiy Pereyaslav-Xmelnitskiy tumanida dafn etilgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 10-yanvardagi Farmoi bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, kapitan Ivan Dobrikov vafotidan so‘ng Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI