DEHQONBOYEV ABDUSALIM

oddiy askar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi,  Sovet Ittifoqi Qahramoni (15.01.1944)

1906-yil 26-oktyabrda Ashirkuzi qishlog‘ida (hozirgi – Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumani) dehqon oilasida tug‘ilgan. To‘liqsiz o‘rta ma‘lumot olgach kolxoz raisi bo‘lib ishlagan. 1943-yil Dehqonboyev Qizil Armiya safiga hizmatga chaqirildi.
O‘sha yilning o‘zida, Ikkinchi jahon urushi janglarida Markaziy frontning 61-armiyasi, 81-o‘qchilar diviziyasi, 467-o‘qchilar polkining o‘qchisi bo‘lib jang qildi. Dnepr uchun janglarda jonbozlik ko‘rsatdi.
1943-yil 1-oktyabrda Dehqonboyev, dushmanning kuchli o‘q yomg‘iriga qaramay Belaruss SSRning Gomelsk viloyati, Loyevsk tumanining Glushets qishlog‘iga desantchilar guruhi tarkibida Dnepr daryosini kechib o‘tadi va g‘arbiy qirg‘oqdagi platsdarmni egallashda va ushlab turishda faol ishtirok etadi.
Guruh dushmanining 10 dan ortiq qarshi hujumlarini qaytarishga muvaffaq bo‘ladi. O‘sha janglarda Dehqonboyev shaxsan o‘zi bir vzvoddan ko‘proq nemis askar va ofitserlarini yo‘q qiladi.
Dehqonboyev 1943-yil 8-oktyabrda jangda halok bo‘lgan va Loyevsk tumanining Derajichi qishlog‘idagi birodarlik qabristoniga (bratskaya mogila) dafn etilgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 15-yanvardagi Farmoniga binoan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun” oddiy askar Abdusalim Dehqonboyev Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan (vafotidan so‘ng).

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI