CHEREVATENKO ALEKSEY TIXONOVICH

katta leytenant, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (10.02.1942)

1914-yil 31-martda Donskoy Voysk viloyati Selivanovsk tumanida (hozirgi Rostov viloyatining Milyutinskiy tumani), katta dehqon oilasida tug‘ilgan. Ukrain.
O‘qishni tugatgandan so‘ng kolxozda ishlagan, keyin qurilish maktabiga o‘qishga kirgan, g‘isht teruvchi bo‘lgan va Kamensk, Liski, Rostovda uy qurlishida ishlagan. Qishloq xo‘jalik institutiga o‘qishga kirib, 2-kursni tamomlagan.
1935-yildan Qizil Armiyada. Komsomol yo‘llanmasi bilan Stalingrad aviatsiya maktabiga yuborilgan va 1938-yilda muvaffaqiyatli tamomlagan. Rostov-Donda joylashgan 6-qiruvchi aviarsiya eskadriliyasida xizmatni boshlagan. 1939-yil sentabr oyidan eskadriliya Odessada tashkil etilgan 69-qiruvchi aviatsiya polki tarkibiga kiritlgan. Zveno komandirlari kursini tugatgandan so‘ng zveno komandiri etib tayinlangan. 1940-yil mayiga kelib uning zvanosi polkdagi eng yaxshi zvenolardan biriga aylangan.
1941-yil sentabr oyiga kelib, 69-QAPning 4-eskadriliyasi tarkibida 187 ta jangovar parvozlar amalga oshiradi, 46 ta havo jangida 3 ta va guruh tarkibida 2 ta dushman samolyoti urib tushirgan. 1942-yil bahor va yozida Xarkov va Stalingrad yaqinida jang qilgan. Nemislar tomonidan urib tushirilgan, parashyut bilan sakraganida samolyotining dumiga urilib ketadi va og‘ir jarohat bilan gospitalga yotqiziladi. Sog‘aygandan so‘ng, 1943-yil fevral oyida Turkiston harbiy okrugi harbiy-havo kuchlari harbiy maktablarining inspektori lavozimiga tayinlanadi. U erda frontga uchcuvchilarni tayyorlashda qatnashgan.
1943-yil iyul oyidan boshlab Cherevatenko yana frontga qaytib, 273-qiruvchi diviziyaning uchuvchi texnik nazoratchisi bo‘lib xizmat qiladi. Shu lavozimda urushni tugatadi. Umuman olganda, Ikkinchi Jahon urushida 286 ta jangovor parvozlar qilib, ulardan 87 tasini shturm samolyotida amalga oshirgan, 68 ta havo jangida qatnashgan, dushmanning 7 ta samolyotini shaxsan o‘zi va guruh tarkibida 9 ta samolyotini urib tushirgan.
Urushdan keyingi yillarda A.T.Cherevatenko Sovet Armiyasi Havo kuchlarida xizmatini davom ettirgan. 1955-yilda Harbiy-havo akademiyasini tugatgan. 1957-yilda polkovnik Cherevatenko zaxiraga bo‘shatilgan. Rostov-Donda yashagan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1942-yil 10-fevraldagi Farmoni bilan katta leytenant Alexey Tixonovich Cherevatenko Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1994-yil 19-noyabrda vafot etgan, Rostov-Donda dafn qilingan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"1, 2-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI