BULATOV VIXAIL ALEKSEYEVICH
katta serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (19.04.1945)

1924-yil 25-oktabrda Chelyabinsk viloyati Verxnya Sanarka qishlog‘ida tug‘ilgan. 1940-1942 yillarda Bulatov Qoraqalpoq ASSRning Chimboy shahrida telefon ustasi bo‘lib ishlagan. 1942-yilda Mixail Bulatov armiya safiga chaqirildi va Turkmanistonning Chardjou shahriga evakuatsiya qilingan Orlov piyodalar bilim yurtiga o‘qishga yuborildi va harbiy sapyor mutaxassisligiga ega bo‘ldi.
1943-yil mart oyining oxirida Bulatov frontga 235-o‘qchi diviziyasi sapyorlar bo‘linmasiga kelib qo‘shildi va urushning oxirigacha shu bo‘linmada xizmat qildi.
Kyonigsberg shaharining shimoli-g‘arbiy qismini shturm qilish vaqtida 235-o‘qchi diviziyasi kuchli hujum qildi. Bulatov bo‘linmasiga tanklarni olib o‘tish mumkin bo‘lgan yagona yo‘l Kyonigsberg – Raushen shossesini muhandis sifatida tekshirib chiqish vazifasi yuklatilgan. Razvetka paytida to‘rt jangchidan iborat guruh, shu jumladan, Bulatovning o‘zi ham nemislar tomonidan payqab qolinib, o‘qqa tutiladi.
Ertalab tuman bo‘lishi va ko‘rinish yomon bo‘lishiga qaramay, bir askar halok bo‘ldi, ikkitasi og‘ir yaralandi. Xizmatdoshlariga birinchi yordamni ko‘rsatib, Bulatov yo‘l chetidagi ariq bo‘ylab berkinib bordi. Bulatov yo‘lga emaklab chiqib, yorilgan asfalt bo‘laklari ostida aviabombalari yashirilganligini ko‘rdi va portlatgichlarni zararsizlantira boshladi. Dushman o‘qlari ostida qiyin bo‘lishiga qaramay Bulatov shosse bo‘ylab harakatini davom ettirdi va umumiy hisobda 24 ta aviabombani zararsizlantirdi. Mixail Bulatovning so‘zlariga ko‘ra, zararsizlantirilgan bombalarning umumiy massasi 2,5 tonnani tashkil etgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 19-apreldagi Farmoni bilan “Sharqiy Prussiyadagi janglarda ko‘rsatgan qahramonligi uchun” katta serjant Mixail Alekseyevich Bulatov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan. Bulatov mukofotni marshal Vasilevskiy qo‘lidan oldi.
Urushdan keyin Mixail Bulatov harbiy xizmatni davom ettirdi va 1948-yilda Lvov harbiy-siyosiy bilim yurtini tamomladi.1957-yilda kechki ishchi yoshlar maktabini tugatgan, Bulatov o‘rta ma‘lumotga ega bo‘ldi va harbiy akademiyaga o‘qishga kirib, u yerda besh yil sirtdan o‘qidi.
1963-yilda Bulatov V.I.Lenin harbiy-siyosiy akademiyasini tamomladi.
1973-yilda polkovnik unvonida armiya safidan bo‘shatildi.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"2,3-DARAJALI SHON-SHARAF" ORDENLARI

"JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN" MEDALI

"MEHNAT JASORATI" ORDENI

"V.I.LENIN TAVALLUDINING 100 YILLIGI" MEDALI

"1941-1945 YILLAR VATAN URUSHIDA GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G'ALABA" MEDALI

"1941-1495 YILLAR VATAN URUSHIDAGI G‘ALABANING 20 YILLIGIGA" MEDALI

"1941-1495 YILLAR VATAN URUSHIDAGI G‘ALABANING 30 YILLIGIGA" MEDALI

"1941-1495 YILLAR VATAN URUSHIDAGI G‘ALABANING 50 YILLIGIGA" MEDALI​

"1941-1495 YILLAR VATAN URUSHIDAGI G‘ALABANING 65 YILLIGIGA" MEDALI​

"1941-1495 YILLAR VATAN URUSHIDAGI G‘ALABANING 70 YILLIGIGA" MEDALI​

"KYONIGSBERGNI ZABT ETGANLIGI UCHUN" MEDALI​

"MEHNAT VETERANI" MEDALI​

"SSSR QUROLLI KUCHLARI VETERANI" MEDALI​

"SSSR QUROLLI KUCHLARIGA 30 YIL" MEDALI​

"1941-1495 YILLAR VATAN URUSHIDAGI G‘ALABANING 40 YILLIGIGA" MEDALI

"1941-1495 YILLAR VATAN URUSHIDAGI G‘ALABANING 50 YILLIGIGA" MEDALI

"1941-1495 YILLAR VATAN URUSHIDAGI G‘ALABANING 60 YILLIGIGA" MEDALI

"1941-1495 YILLAR VATAN URUSHIDAGI G‘ALABANING 70 YILLIGIGA" MEDALI

"SODIQ XIZMATLARI UCHUN" MEDALI