BOBOYEV TO’XTASIN BOBOYEVICH
kichik serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (15.01.1944)
1923-yil 12-yanvarda Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumani Jon-Ketmon qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatgach, jamoa xo‘jaligida ishladi. 1942-yilda Boboev Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan. 1942-yil noyabrdan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1943-yil oktabrga kelib kichik serjant To‘xtasin Boboyev Belorusiya fronti 61-armiyasi 81-o‘qchilar diviziyasi 154-alohida razvedka rotasi bo‘linmasini boshqarardi. U Dneprdagi jang paytida jonbozlik ko‘rsatdi.
1943-yil 1-oktabrda Boboev Ukraina SSR Chernixiv viloyati hududiga yaqin joyda Dneprni birinchilardan bo‘lib kechib o‘tgan va nemis bo‘linmalarining yettita qarshi hujumini qaytarishda ishtirok etgan.
2-oktabrda u o‘z bo‘linmasi bilan birga dushmanning to‘rtta qarshi hujumini qaytarishda ishtirok etdi, shu vaqt ichida 6 ta pulemyot va 10 ta nemis askarini yo‘q qildi. U og‘ir yaralangan, ammo jang maydonini tark etmagan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 15-yanvardagi Farmoni bilan “Dneprni kechib o‘tish bo‘yicha qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun” kichik serjant Boboyev To‘xtasin Boboyevich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Urushdan keyin demobilizatsiya qilindi.1952-yilda Boboev Toshkentdagi yuridik institutni tugatgan.
1962-yildan Toshkent viloyati, Ohangaron shahrida yashagan, savdo bilan shug‘ullangan. Keyingi taqdiriga aniqlik kiritilmagan.