BIKOV YURIY MIXAYLOVICH
serjant, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (16.05.1944)

1923-yilda Qorako‘l qishlog‘ida (hozirgi Buxoro viloyatidagi shahar) dehqon oilasida tug‘ilgan. To‘liqsiz o‘rta ma‘lumotga ega. 1941-yilda Bikov Mariysk tuman harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan. 1941-yil iyunidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1943-yil noyabrda serjant Yuriy Bikov Alohida Primorskiy Armiyasi 383-o‘qchilar diviziyasi 691-o‘qchilar polkining pulemyot hisobiga boshchilik qiladi. U Kerchensko-Eltigen operatsiyasida jonbozlik ko‘rsatdi.
1943-yil noyabr oyida Adjimushkay qishlog‘i yaqinida (hozirgi Kerch chegarasida) Kerchensk yarim orolidagi platsdarmni kengaytirish uchun olib borilgan janglarda, Bikov safdan chiqqan vzvod komandiri o‘rnini egallab, birinchi bo‘lib o‘rnidan turdi va hammani olg‘a chorladi, balandlikda pulemyotni o‘rnatib, dushmanning 10ta o‘t ochish nuqtalarini yo‘q qildi, shu bilan o‘qchilar uchun yo‘l ochib berdi.
20-noyabr kuni dushmanning yana bir qarshi hujumini qaytarish chog‘ida o‘zi yolg‘iz qolib pulemyotdan o‘t ochib dushmanning bir necha o‘ngga yaqin askarlari va ofitserlarini yo‘q qildi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 16-maydagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun” serjant Yuriy Bikov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1945-yil 11-mayda Bikov gospitalda vafot etdi. Uni Frankfurt markazidagi Oder harbiy qabristoniga dafn qilishdi. 

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"LENIN" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI