BARABASH AFANASIY SEMYONOVICH
podpolkovnik, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (16.05.1944)

1908-yil 1-may kuni hozirgi Sumi viloyati (Ukraina) Romni shahri tarkibidagi Protsovka qishlog‘ida ishchilar oilasida tug‘ilgan. Ukrain. Otasidan erta ayrilgach, o‘spirinlik yoshidan ishlay boshladi va bir vaqtning o‘zida o‘qishni davom ettirdi. Ishlab chiqarish amaliyoti maktabini tugatgan.
1929-yilda romensk korxonalaridan birining eng yaxshi xodimi sifatida u Moskvaga o‘qishga yuborildi. 1932-yilda sanoat texnikumini bitirdi.
1932-yilda Qo‘qon shahar harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirildi. 1934-yilda zirhlitank maktabini tugatdi. Dastlab u vzvod, keyin tank rotasi komandiri shuningdek, polk maktabining boshlig‘i bo‘lib xizmat qildi. 1939-yilda A.S.Barabash Xarkov shahridagi harbiy iqtisodiyot akademiyasining muhandislik fakulteti tinglovchisi sifatida qabul qilindi.
1941-yil 22-iyundan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. G‘arbiy, Bryansk, Stalingrad, Janubiy, 4-chi Ukraina, 3-Boltiq, 1-Belorusiya frontlarida jang qilgan. Kontuziya olgan.
22-gvardiya alohida tanklar polki (4-Ukraina fronti, 51-armiya) gvardiya podpolkovnigi A.S.Barabash boshchiligida 1944-yil 9-aprelda Sivash platsdarmidan fashistlarning balandlikdagi pozitsiyasiga hujum qildi va o‘qchi bo‘linmalar bilan birgalikda uni qo‘lga kiritdi. 3 kunlik jang mobaynida u dushman mudofaasini 80 km ichkarisigacha bostirib kiradi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 16-maydagi Farmoni bilan “Qrim uchun janglarda tank polkini mohirlik bilan boshqarganligi, ko‘rsatgan jasorati va mardligi uchun”, gvardiya podpolkovnigi Barabash Afanasiy Semyonovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Urushdan keyin u Qurolli Kuchlar safida xizmatni davom ettirdi. 1955-yilda zirhlitank qo‘shinlari harbiy akademiyasi qoshidagi Oliy akademik kurslarni tugatgan. 1957-yildan polkovnik A.F. Barabash zaxirada.
Kiyevda (Ukraina) yashagan. U Kiyevdagi ilmiy-tadqiqot institutlaridan birida katta muhandis bo‘lib ishlagan. 1996-yil 8-sentyabrda vafot etdi. U Kiyevdagi Berkovetskiy qabristoniga dafn etilgan. 

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"3-DARAJALI SUVOROV" ORDENI

"LENIN" ORDENI

"ALEKSANDR NEVSKIY" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN" MEDALI

"1941-1495 YILLAR VATAN URUSHIDAGI G‘ALABANING 30 YILLIGIGA" MEDALI

"1941-1945 YILLAR VATAN URUSHIDA GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G'ALABA" MEDALI

"1941-1495 YILLAR VATAN URUSHIDAGI G‘ALABANING 20 YILLIGIGA" MEDALI

"STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN" MEDALI

"1941-1495 YILLAR VATAN URUSHIDAGI G‘ALABANING 40 YILLIGIGA" MEDALI

"SSSR QUROLLI KUCHLARI VETERANI" MEDALI​