AZIMOV RO’ZI AZIMOVICH
oddiy askar, Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (22.07.1944)
1925-yil 22-sentabrda Suzoq viloyatining Chukatepa qishlog‘ida (hozirgi Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida avvalgi Osh viloyati) dehqon oilasida tug‘ilgan. O‘zbek. To‘liqsiz o‘rta ma’lumoti. Kolxozda xisobchi bo‘lib ishlagan.
1943-yil sentabrdan 1944-yil maygacha V.I.Lenin nomidagi “Qizil Yulduz” ordenli “Qizil Bayroqdor” Toshkent piyoda bilim yurtida o‘qigan.
1944-yil 3-iyundan frontda. 1124-o‘qchi polkida (334-o‘qchi diviziyasi, 60-o‘qchi korpusi, 43-armiya, 1-Boltiq fronti) pulemyotchisi oddiy askar Azimov Ruzi Azmovich Belorusiyani ozod qilish janglarida qatnashgan.
1944-yil 23-iyunda Belorussiya SSR Vitebsk viloyati, Shumilinskiy tumani, Komonogovo qishlog‘i yaqinida, jangning hal qiluvchi daqiqasida askarlarni hujumga boshlaydi. 1944-yil 25-iyunda Belorussiya SSR Vitebsk viloyati, Shumilinskiy tumani Grinevo qishlog‘i hududida G‘arbiy Dvinani birinchilardan bo‘lib kechib o‘tib, dushman transheyalariga yorib kiradi va ko‘p sonli dushman askarlari va 4 ta pulemyot hisobini yo‘q qiladi. Jangda yaqib joyda portlagan dushman artilleriya snaryadidan og‘ir kontuziya oladi.
Yaralanganidan keyin gospitalga yotqizilgan va olgan kontuziyasining og‘irligi sababli boshqa frontga qaytmagan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 22-iyuldagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, oddiy askar Azimov Ro‘zi Azimovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Frontdan qaytgach kolxozda ishlgan. 1951-yilda Qirgiziston SSR Respublika partiyasi maktabini, 1965-yilda Jalolobod pedagogika bilim yurtini tamomlagan. 1974-yilgacha xo‘jalik va partiya ishlarida ishlagan, Jalolobod shahar o‘t o‘chirish jamiyatining raisi bo‘lgan.
Jalolobodda rafiqasi Rokiya va o‘g‘li Igor Ruziyevich Azimov bilan yashagan. 2006-yilda vafot etgan.