AXMEDOV TOXTASIN 
yefreytor, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi qahramoni (10.04.1945)

1915-yil 15-iyun kuni Farg‘ona viloyati, Rishton tumani, Dutir qishlog‘ida, dehqon oilasida tug‘ilgan. O‘zbek. Ma‘lumoti to‘liqsiz o‘rta. Kolxozda ishlagan.
1942-yil yanvardan Qizil Armiya safida. 88-alohida motorli muhandislik batalyoni bo‘linmasi komandiri lavozimida Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan. U Oder daryosini kechib o‘tishda alohida jonbozlik ko‘rsatdi.
1945-yil 27-yanvarga o‘tar kechasi uning bo‘linmasiga Shtaynau shahri (hozirgi Stsinava shahri, Polsha) yaqinida Oder daryosidan paromlarda (sol) tanklarni o‘tkazilishini ta’minlay oladigan qirg‘oq qurilmalarini yasash topshirildi. Dushman pulemyot va minomyotlari doimiy ravishda o‘t ochib turishiga qaramay uning bo‘linmasi belgilangan muddatdan ikki soat oldin vazifani bajarishdi hamda tanklani daryoning o‘ng qirg‘og‘iga o‘z vaqtida o‘tkazilishini ta’minladi.
Kechuv paytida tank yuklangan paromlarning birini tortib ketayotgan katerning dvigateli o‘chib qoldi. Yefreytor T. Ahmedov sovuq suvga o‘zini tashlaydi hamda katerning arqonini olib sohilga o‘tkazadi. Kater va tank qutqarib qolindi.
Uch soatli tinimsiz mehnat davomida T. Ahmedovning bo‘linmasi 35ta tankni Oderning g‘arbiy sohiliga olib o‘tadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1943-yil 17-noyabridagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda, qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, yefreytor Ahmedov To‘xtasin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Urushdan so‘ng, demobilizatsiya qilindi. U o‘z qishlog‘iga qaytadi. Paxta qabul qilish punkti mudiri bo‘lib ishlagan. 2000-yil 30-mayda vafot etdi.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"LENIN" ORDENI

"1-DARAJALI KUTUZOV" ORDENI

"Hurmat belgisi" ORDENI ikki marta

"1941-1945 YILLAR VATAN URUSHIDA GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G'ALABA" MEDALI

"1941-1495 YILLAR VATAN URUSHIDAGI G‘ALABANING 20 YILLIGIGA" MEDALI

"1941-1495 YILLAR VATAN URUSHIDAGI G‘ALABANING 30 YILLIGIGA" MEDALI

"1941-1495 YILLAR VATAN URUSHIDAGI G‘ALABANING 40 YILLIGIGA" MEDALI