ADASHEV SOLI

 gvardiya katta serjanti, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (24.03.1945) 

1923-yilning 2-martida Namangan viloyati, Norin tumani Tuda qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan.
O‘zbek. 1941-yilda Andijon shahridagi pedagogika texnikumini tamomlagan. U boshlang‘ich ta’lim maktabida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. 1942-yildan Qizil Armiya safida jang olib borgan.
1944-yilning 23-iyunida, dushman mudofaasini yorib o‘tish mobaynida 459-o‘qchilar polkining bo‘linmasi (2-Belorusiya fronti 49-armiya 42-piyoda diviziyasi) komsomol a’zosi katta serjant Adashev boshchiligida 20 nafar fashist askarlari o‘ldirildi. Chernyavka (Mogilevsk viloyatining Shklovskiy tumani) qishlog‘i yaqinidagi, daryoni kechib o‘tib, qurshovda jang olib bordi va hujumga o‘tayotgan bo‘linmalarga borib qo‘shildi.
1944-yilning 24-iyunida 14 soat davom etgan qamalda, o‘zining xatti-harakatlari bilan jangchilarni dushman tanklariga va piyodalariga qarshi kurashishga ruhlantirdi, hamda bitta qo‘l pulemyoti va snayperni shaxsan yo‘q qildi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, katta serjant Adashev Soli Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1960-yilda Namangan shahriga doimiy yashash uchun ko’chib o’tgan.
1984-yil 2-noyabr kuni vafot etgan va Namangan shahrining “Labbay tog’a” qabristoniga dafn etilgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"LENIN" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI