ABZALOV REM ABZALOVICH
gvardiya katta leytenanti, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni(24.03.1945)
1914-yilning 28-iyunida (O‘zbekiston Respublikasi) Toshkent shahrida tug‘ilgan.
Tatar millatiga mansub. Boshlang‘ich ta’limni mahalliy madrasada olgan. Qozon shahriga ko‘chib kelgandan so‘ng zavodda ishchi bo‘lib ishlaydi. Ishchilar fakultetiga o‘qishga kirib, uni tamomladi. 1936-yilda esa viloyat kasaba uyushmasi harakati maktabini tamomlagan.
1930-yillarning oxirlarida Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1939-1940 yillarda Sovet-Fin urushida qatnashgan. Zahiraga bo‘shatilganidan so‘ng, u Qozon aviatsiya zavodi qo‘mitasining (hozirgi Gorbunov nomidagi aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi) raisi bo‘lib ishlagan. Qozon davlat universitetining ishchilar fakultetiga o‘qishga kirgan.
1942-yilda ikkinchi marotaba Qizil Armiya safiga chaqirildi. Siyosiy tarkib kurslarni tamomlagan. 1942-yildan boshlab Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Ukraina, Ruminiya, Bolgariya, Yugoslaviya va Vengriya hududlarida bo‘lib o‘tgan janglarda qatnashgan. Dunay daryosidan kechib o‘tish mobaynida jonbozlik ko‘rsatgan. 1944-yilning 1-dekabrida 116-gvardiya o‘qchi polkining (3-Ukraina fronti 4-gvardiya armiyasi, 40-gvardiya o‘qchi diviziyasi,) rotasini boshqargan gvardiya katta leytenanti Rem Abzalov Vengriya Paks shahrining g‘arbidagi 10 kilometr masofada joylashgan Dunapatay qishlog‘ida Dunay daryosini kechib o‘tdi. Ko‘prikni egallash vaqtida rota 100 ga yaqin dushman askar va ofitserlarini yo‘q qildi hamda 145 nafarini asirga oldi. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi Farmoni bilan «Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorat va qahramonligi uchun», gvardiya katta leytenanti Abzalov Rem Abzalovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan. Urushni o‘qchilar bataloni komandiri sifatida yakunladi. Urushdan so‘ng R.A.Abzalov SSSR Qurolli kuchlari saflarida xizmatni davom ettirdi. 1946-yilda “Otish” kurslarini tugatgan. Turkiston harbiy okrugi polk komandiri bo‘lgan. 1950-1960 yillarda Toshkent shahrining harbiy komissari bo‘lgan. R.A.Abzalov mayor unvonida iste’foga bo‘shatilgan. O‘zbekiston poytaxti – Toshkent shahrida istiqomat qilgan. 1983-yilning 7-fevralida vafot etgan. U Toshkentdagi Harbiy qabristonning Qahramonlar hiyoboniga dafn etilgan.