ABDURAMANOV UZEIR ABDURAMANOVICH
starshina, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi qahramoni (15.01.1944)
1916-yilning 12 (25) mart kuni Tavriya guberniyasi Simferopol uyezdi Kashik-Degirmen qishlog‘i (hozirgi Qrim Respublikasi, Simferopol tumanida, Novoandreyevka qishlog‘i) tug‘ilgan, biroq boshqa manbalarda tug‘ilgan joyi qo‘shni Djaga-Mamish (hozirgi Suxorechye) qishlog‘i sifatida qayd etiladi. Millati – tatar. 1933-yilda fabrika-zavod maktabini tugatib, pazanda bo‘lib ishlagan, keyin esa Sinferopol arteli transport o‘rinboasri bo‘lib ishlagan.
1939-yilning Qizil Armiya safiga chaqirilgan. 1941-yildan Ikkinchi jahon urushida qatnashgan. Staliningrad jangida ishtirok etgan.
1943-yilning sentyabr oyida Noviye Tereshkovichi qishlog‘i (Belorussiya) hududidagi janglarda bo‘linmasi bilan Soj daryosini kechib o‘tishga muvaffaq bo‘ladi. Topshiriq muvaffaqiyatli bajarilganida, otryaddagi 17 ta askardan faqat 3 tasi tirik qoladi. Undan oldin Desna daryosini kechib o‘tishga boshchilik qilishda qahramonlik va fidokorlik ko‘rsatadi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yilning 15-yanvaridagi Farmoniga binoan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda jangovar topshiriqlarni namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, starshina U.A.Abduramanov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1944-yilning 18-mayda Qrimdan tatarlar deportatsiya qilingan. Urushdan so‘ng zahiraga bo‘shatiladi va oilasi bilan O‘zbekistonga jo’natilgan.
1948-yili Qahramonga vataniga qaytish taklif etilgan. Yaqin qarindoshlarini o‘zi bilan olib ketishga ruhsat etiladi. 1950-yilning oxirida Qrim tatarlar harakatiga qo‘shilgan.
1962-yili Navoiy shahriga ko‘chib kelgan va uran zavodida ishlagan. 1991-yilning 19-yanvarida vafot etgan.