BAKSOV ALEKSEY IVANOVICH
general-mayor, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (22.07.1944)

1907-yil 18-martda Saratov viloyati Petrovsk tumanidagi Bolshaya Kamishinka qishlog‘ida tug‘ilgan. Millati rus. Maktabni to‘liqsiz o‘rta ma‘lumot bilan tugatgan. Toshkent shahar pasport stolida ishlagan. 1926-yilda Toshkent shahar harbiy komissarligi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirildi va Toshkent shahriga ko‘chirib keltirilgan V.I.Lenin nomidagi birlashgan harbiy maktabga yuborildi.
1939-yil M.V.Frunze nomidagi Harbiy akademiyani bitirgan.
1941-yil iyundan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Gvardiya general-mayori A.Baksov 67-gvardiya motoo‘qchi diviziyasiga (6-gvardiya armiyasi, 1-Boltiqbo‘yi fronti) boshchilik qildi. O‘z diviziyasi bilan Vitebskning shimoli-g‘arbidagi dushman mudofaasini yorib o‘tib, G‘arbiy Dvina daryosini kechib o‘tdi. Gvardiya general-mayori A.Baksov boshchiligi ostida 67-gvardiya motoo‘qchi diviziyasi janglari mobaynida 253 ta aholi yashash punktlarini ozod etdi va dushmanning ko‘p sonli tirik kuchi hamda texnikasini yo‘q qildi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 22-iyuldagi Farmoni bilan “Diviziya qismlarini mohirlik bilan boshqarganligi va G‘arbiy Dvina daryosi kechuvini ta’minlaganligi va dushmaning vitebsk guruhlarini qo‘lga olishda ko‘rsatgan jonbozligi va qahramonligi uchun”, gvardiya general-mayori Aleksey Ivanovich Baksov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Urushdan keyin A.I.Baksov armiyada xizmatni davom ettirdi. 1948-yil SSSR QK Bosh shtab akademiyasini tamomladi. SSSR MVning turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
General-polkovnik A.I.Baksov 1972-yilda iste’foga chiqqan. 1986-yili vafot etgan.

"SOVET ITTIFOQI QAHRAMONI" UNVONI

"QIZIL BAYROQ" ORDENI

"2-DARAJALI SUVOROV" ORDENI

"2-DARAJALI KUTUZOV" ORDENI

"LENIN" ORDENI

"1-DARAJALI VATAN URUSHI" ORDENI

"QIZIL YULDUZ" ORDENI

"V.I.LENIN TAVALLUDINING 100 YILLIGI" MEDALI

"1941-1945 YILLAR VATAN URUSHIDA GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G'ALABA" MEDALI

"1941-1495 YILLAR VATAN URUSHIDAGI G‘ALABANING 20 YILLIGIGA" MEDALI

"1941-1495 YILLAR VATAN URUSHIDAGI G‘ALABANING 30 YILLIGIGA" MEDALI

"1941-1495 YILLAR VATAN URUSHIDAGI G‘ALABANING 40 YILLIGIGA" MEDALI

"SSSR QUROLLI KUCHLARI VETERANI" MEDALI​

"SSSR QUROLLI KUCHLARIGA 30 YIL" MEDALI​

"1941-1495 YILLAR VATAN URUSHIDAGI G‘ALABANING 40 YILLIGIGA" MEDALI

"1941-1495 YILLAR VATAN URUSHIDAGI G‘ALABANING 50 YILLIGIGA" MEDALI

"1941-1495 YILLAR VATAN URUSHIDAGI G‘ALABANING 60 YILLIGIGA" MEDALI

"MOSKVANING 800 YILLIK XOTIRASIGA" MEDALI