YEGOROV ALEKSEY SEMYONOVICH
partizan brigadasi komandiri, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (02.05.1945)
1914-yil 22-noyabrda Andijon (O‘zbekiston) shahrida dehqon oilasida tug‘ilgan. Rus. 1938-yilda A.S. Yegorov Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirilgan, keyin harbiy bilim yurtida o‘qigan va o‘qishni tugatgandan so‘ng komandir bo‘lgan. 1941-1942 yillarda Toshkent shahridagi Harbiy akademiyada o‘qishni davom ettiradi.
1942-yil avgustdan Moskvadagi partizan harakatining, Markaziy shtab-kvartirasida partizan maktabining moliya xizmati boshlig‘i bo‘lib ishladi. Xizmat davomida to‘g‘ridan-to‘g‘ri minalarni portlatish vazifalarni bajarish ishlarini mohirona o‘zlashtiradi, mohir ustoz va portlatish ishlari bo‘yicha boshqaruvchiga aylanadi. 1943-yil iyun oyida A.S.Yegorov, KP(b)U Markaziy Komitetining ko‘rsatmasi bilan A.F.Fedorov komandirligi ostidagi partizan bo‘limiga diversion ishlar bo‘yicha komandir o‘rinbosari lavozimiga yuborilgan. A.S. Yegorov diversion o‘quv guruhlarini tarkibini to‘ldiradi va partizanlarga yangi turdagi minalarni qanday portlatishni o‘rgatadi. Partizanlarga eski turdagi eziladigan va tezkor harakatga keladigan minalar ma‘lum edi. Sekin harakatga keluvchi yangi minalar yangicha usullarni talab qilardi. Qisqa vaqt ichida birinchi qo‘poruvchilar (diversion) guruhlari yangi minalardan foydalanish texnikasini o’zlashtiradilar. Minalardan samarali foydalanishni aniqlash uchun A.S. Yegorov diversiyada shaxsan ishtirok etardi. 1943-yil iyul oyida o‘nta qo‘poruvchilar va xavfsizlik vzvodi bilan Manevichi stantsiyasining sharqiy temir yo‘liga boradi va u erda sekin harakatga keluvchi minalarni o‘rnatishda guruhlarga boshchilik qiladi. Partizanlar nemis soqchilarini aldab, temir yo‘lga minalarni o‘rnatishadi. Belgilangan muddatdan so‘ng, sekin harakatga keluvchi minalar 7 ta harbiy eshelonni va dushman zirhli poezdini portlatadi. Partizan qo‘poruvchilar (podrivniki) A.S. Yegorovning rahbarligi va yordami bilan yangi minalardan foydalanish bo‘yicha tajriba to‘playdilar. Portlovchi uskunalarni sinchkovlik bilan o‘rganish natijalari darhol natijasini berdi. Partizanlar Kovel-Sarniy temir yo‘llarida qo‘poruvchilik ishlarini amalga oshirgach, Kovel-Brestga ikki hafta davomida birorta ham poezd kela olmaydi. 1944-yil avgustda A.S. Egorov kichik partizan desantchilardan iborat guruh bilan dushmanning ortiga – Slovakiyaga uchib boradi. U erda Slovakiya milliy qo’zg’olonida faol ishtirok etib, partizan otryadiga rahbarlik qiladi. Biroz vaqt o’tgach, mahalliy aholi hisobiga bu bo’linma uch mingga yaqin kishidan iborat brigadaga aylanadi.
Ular 21ta ko‘prikni portlatishadi, 20ta harbiy eshelonni vayron qilishadi, ko‘plab dushman tirik kuchlari va texnikalarini yakson qilishadi. A.S. Yegorov Qizil Armiya bo‘linmalari bilan ko‘rishgunga qadar fashistlarga qarshi kurashni davom ettiradi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 2-maydagi Farmoni bilan “Nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, Yegorov Aleksey Semyonovich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1970-yil 15-aprelda vafot etdi.