ZUDIKOV STEPAN OSIPOVICH

     Kapitan Zudikov Stepan Osipovich, 1916-yil 22-dekabrda Saratov viloyatining Baltayskiy tumani Staro-Saraykino qishlog‘ida tug‘ilgan, millati mordav, ma’lumoti oliy, 1940-yilda O‘rta Osiyo industriya institutini tamomlagan.

         Xizmatni 1941-yilda 89-zaxiradagi o‘qchilar polki (Olmaota sh.)da vzvod komandiri lavozimida boshlaydi. 1941-yilning dekabr oyiga qadar Markaziy front tarkibidagi 40-o‘qchilar brigadasida batareya komandiri lavozimida xizmatni o‘taydi. Jangda jarohatlanib, 1941-yilning dekabr oyidan 1942-yilning iyul oyiga qadar 1247-sonli evakuatsiya gospitali (Stalinsk sh.)da davolanadi. Salomatligini tiklaganidan so‘ng 75-o‘qchilar ko‘ngillilar brigadasining artilleriya divizioni shtabi (Omsk) shtabi boshlig‘i yordamchisi lavozimida xizmat qiladi. 1942-1944-yillarda ofitserlar tarkibidan iborat 25-artilleriya polki (Toshkent sh.)da vzvod komandiri, 1944-yilning sentabr oyidan 1945-yilning may oyiga qadar 4-Ukraina fronti tarkibidagi 82-zaxiradagi artilleriya polkida vzvod komandiri lavozimlarida xizmat qiladi.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI