ZUBKOV ANATOLIY VASILYEVICH

      Podpolkovnik Zubkov Anatoliy Vasilyevich, 1920-yil 7-aprelda Vologa shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1942-yilda Vologa davlat pedagogika institutini, 1956-yilda Vazirlar Kengashi huzuridagi DXQning 101-sonli maktabining asosiy fakultetini tamomlagan.

     Xizmatni 1942-yilning iyun oyida Voronej fronti tarkibidagi 100-o‘qchilar diviziyasida siyosiy masalalar bo‘yicha rahbar lavozimidan boshlaydi. 1942-yilning dekabr oyidan 1943-yilning may oyiga qadar Voronej va 1-Ukraina frontlari tarkibidagi 100-o‘qchilar diviziyasining divizion klubida kutubxona boshlig‘i, 1943-yilning may oyidan 1945-yilning noyabr oyiga qadar 1, 2 va 3-Ukraina  frontlari tarkibidagi 206-o‘qchilar diviziyasida harbiy tarjimon lavozimlarida xizmat qiladi.

       Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va  II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI