ZOTOV ALEKSANDR NIKITOVICH

         Polkovnik Zotov Aleksandr Nikitovich, 1902-yil 30-avgustda Ryazan viloyatining Kasimovskiy tumani Davidov qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1950-yilda o‘rta maktabni tamomlagan.

     1936-yilning iyul oyidan 1941-yilning aprel oyiga qadar IIXKning Andijon viloyati boshqarmasi Marhamat bo‘linmasi boshlig‘i lavozimida xizmat qiladi. 1941-yilda IIXKning Andijon viloyati boshqarmasi shaxsiy-siyosiy bo‘linmasi boshlig‘i, 1942-yilning yanvar oyiga qadar Janubiy-g‘arbiy front tarkibidagi 52-armiya 8-gvardiya diviziyasining 316-o‘qchilar polkida maxsus bo‘lim boshlig‘i, 1942-yilning yanvar oyidan 1943-yilning dekabr oyiga qadar G‘arbiy front tarkibidagi 10-armiyaning 322-o‘qchilar diviziyasida maxsus bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida xizmat qiladi. 1944-yilning sentabr oyidan G‘arbiy, 1 va 2-Belorus frontlari tarkibidagi 70-o‘qchilar korpusining “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limida bo‘lim boshlig‘i bo‘lgan. 1944-yilning sentabr oyidan 1945-yilning may oyiga qadar 2-Belorus fronti tarkibidagi “SMERSH” kontrrazvedka boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida xizmat qiladi.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “Qizil bayroq”, “I va II darajali Vatan urushi”, “Lenin” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Moskva mudofaasi uchun”, “Varshavani ozod qilganligi uchun”, “Kenigsbergni ishg‘ol etganligi uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari, Polsha Respublikasining “3-toifali Gryunvald kresti”, “Nissa, Oder va Baltika uchun”, “Polyak davlatini ozod etganligi uchun” mukofotlari bilan bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“QIZIL BAYROQ” ORDENI

“I DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“LENIN” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“MOSKVA MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“VARSHAVANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“KENIGSBERGNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

POLSHANING “3-TOIFALI GRYUNVALD KRESTI” MUKOFOTI

POLSHANING “NISSA, ODER VA BALTIKA UCHUN” MUKOFOTI