ZOLOTOV NIKOLAY MIXAYLOVICH

       Polkovnik Zolotov Nikolay Mixaylovich, 1922-yil 22-mayda Moskva viloyatining Kunseyevskiy tumanidagi Mnevniki qishlogʻida tugʻilgan, millati rus, maʻlumoti oliy, 1961-yilda Qizil bayroqli DXQ Oliy maktabini tamomlagan.

         1943-yilning aprel oyida Arzamas pulemyotchi-minomyotchilar bilim yurtini tamolagandan soʻng Voronej fronti tarkibidagi 47-armiyaning 38-oʻqchilar diviziyasi 343-oʻqchilar polkiga pulemyotchilar vzvodi komandiri lavozimiga tayinlanadi. 1943-yilning avgust-sentabr oylari davomida 2973-sonli gospitali (Sudja sh.)da davolanadi. Salomatligini tiklagandan soʻng 1-Ukraina fronti tarkibidagi 38-armiyaning 126-oʻqchilar polkida pulemyotchilar vzvodi komandiri lavozimida xizmat qiladi. 1944-yilning yanvar-iyul oylarida 2705-sonli gospital (Moskva viloyatining Kunseyevo sh.)da davolanadi.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulugʻ Vatan urushida qozonilgan gʻalabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUGʻ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN GʻALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI