ZAYSEV VENIAMIN ZINOVYEVICH

   Mayor Zaysev Veniamin Zinovyevich, 1919-yil 3-noyabrda Voronej viloyatining Xvorostyanskiy tumani Otskochnoe qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1941-yilda Novosibirsk transport harbiy muhandislari institutining 2-bosqichni, 1950-yilda DXV Toshkent maktabini, 1960-yilda O‘rta Osiyo davlat universitetini tamomlagan.

      Xizmatni 1941-yilning noyabr oyida 374-o‘qchilar diviziyasining IIXK maxsus bo‘limida tarjimonlikdan boshlaydi. 1941-yilning noyabr oyidan 1943-yilning avgust oyiga qadar Volxov va Leningrad frontlari tarkibidagi 374-o‘qchilar diviziyasining IIXK maxsus bo‘limida tarjimon, 1946-yilda 3-Boltiqbo‘yi fronti va Turkiston harbiy okrugi tarkibidagi 374-o‘qchilar diviziyasining IIXK maxsus bo‘limida operativ vakil, keyinchalik esa katta operativ vakil lavozimlarida xizmat qiladi.

       Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Leningrad mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“LENINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI