ZAYSEV PETR MAKSIMOVICH

      Podpolkovnik Zaysev Petr Maksimovich, 1915-yil 7-avgustda Orlov viloyatining Navlenskiy tumanidagi Krapivna qishlg‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1933-yilda Shelkovskiy o‘rmon-kimyosi texnikumini tamomlagan.

           1941-yilning avgust oyidan 1942-yilning mart oyiga qadar G‘arbiy front tarkibidagi 50-armiyaning IIXK maxsus bo‘limii 2-bo‘linma boshlig‘i lavozimini bajaradi. 1942-yilda G‘arbiy front tarkibidagi 154-o‘qchilar diviziyasining IIXK maxsus bo‘limi boshlig‘i, 1942 -yilning dekabr oyidan 1943-yilning mart oyiga qadar Janubiy-g‘arbiy front tarkibidagi 47-gvardiya o‘qchilar diviziyasining IIXK maxsus bo‘limi boshlig‘i, 1943-yilning dekabr oyiga qadar Volgabo‘yi harbiy okrugi 5-mexanizatsiyalashgan korpusining 49-mexanizatsiyalashtirilgan brigadasida “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida xizmat qiladi. 1943-yilning dekabr oyidan 1944-yilning iyul oyiga qadar Moskva harbiy okrugi va 2-Ukraina frontlari tarkibidagi 5-mexanizatsiyalashtirilgan korpusining “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan. 1944-yilning iyul oyidan 2-Ukraina fronti tarkibidagi 13-gvardiya qiruvchi aviatsiya diviziyasida “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi boshlig‘i lavozimida xizmat qiladi.

          Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Moskva mudofaasi uchun”, “Stalingard mudofaasi uchun”, “Budapeshtni ishg‘ol etganligi uchun”, “Venani ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“MOSKVA MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“BUDAPESHTNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“VENANI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI