ZAYKOV GEORGIY MIXAYLOVICH

        Mayor Zaykov Georgiy Mixaylovich, 1908-yil 26-mayda Karel-Fin ASSRning Olonets shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1939-yilda kechki o‘rta maktabning 10-sinfini tamomlagan.

    1940-yilning iyul oyidan 1943-yilning iyul oyiga qadar Litva SSR IIXK, IIXK Gomel va Kalinin viloyatlari boshqarmalari hukumat aloqa “VCH” xizmatida, Volxov va Srimoliy-g‘arbiy frontlar tarkibidagi IIXK hukumat aloqalari bo‘limida katta texnik lavozimida xizmat qiladi. 1944 -yilning avgust oyiga qadar Volxov fronti tarkibidagi IIXK hukumat “VCH” aloqasi bo‘limida stansiya boshlig‘i, 1944-yilning avgust oyidan 1945-yilning may oyiga qadar 3-Belorus fronti tarkibidagi hukumat “VCH” aloqasi bo‘limida 1-bo‘linma boshlig‘i lavozimlarida xizmat qiladi. 1945 -yilning may oyidan 1945-yilning noyabr oyiga qadar 4-Ukraina fronti tarkibidagi IIXK hukumat “VCH” aloqalari bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “Qizil bayroq”, “I va II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Leningrad mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“QIZIL BAYROQ” ORDENI

“I DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“LENINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI