ZAXAROV PAVEL SEMENOVICH

      Mayor Zaxarov Pavel Semenovich, 1907-yil 25-dekabrda Kirov viloyatining Nijanskiy tumani Lejnino qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1937-yilda Siyosiy iqtisod institutini tamomlagan.

   1931-yilning may oyida Molotov viloyati BBSBning Kizelov shahar bo‘limida, 1941-yilgacha esa BBSB-IIXK Molotov va Sverdlovsk viloyatilari operativ vakili yordamchisi lavozimida xizmat qiladi. 1941-yilning iyun oyidan 1943-yilning iyul oyiga qadar G‘arbiy va Kalinin frontlari tarkibidagi 22-armiyada IIXK maxsus bo‘limi operativ vakili lavozimida faoliyat olib boradi. 1945-yilning may oyiga qadar 2-Belorus fronti tarkibidagi 43-armiyaning 4-tankka qarshi qiruvchi artilleriya brigadasida “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi boshlig‘i lavozimida xizmat qiladi.

     Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “I va II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun” medallari bilan taqdirlangan.

 

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“I DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI