ZAXAROV MIXAIL MIXAYLOVICH

       Kapitan Zaxarov Mixail Mixaylovich, 1917-yilning 12- dekabrida Vladimir viloyatining Kameshkovskiy tumanidagi Novki qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti to‘liqsiz o‘rta, 1933-yilda maktabning 7 -sinfini tamomlagan.

         Xizmatni 1941-yilning may oyida G‘arbiy front tarkibidagi 385-o‘qchilar diviziyasining 162-o‘qchilar polkida oddiy askar lavozimida boshlaydi. 1941-yilning avgust-dekabr oylarida jangda jarohatlanib, gospitalda davolanadi, salomatligini tiklagandan so‘ng 31-zaxiradagi o‘qchilar brigadasiga jo‘natiladi. 1942-yilda 30-zaxiradagi o‘qchilar brigadasida vzvod komandiri, keyinchalik IIXK Oliy maktabi tinglovchisi bo‘lgan. 1943-yilning fevral oyidan 1944-yilning fevral oyiga qadar Volxov fronti tarkibidagi 11-temir yo‘lchilar brigadasida operativ vakil lavozimda xizmat qiladi. 1944-yilning fevral oyida 1-Boltiqbo‘yi frontining 46-alohida temir yo‘l bataloniga xizmat ko‘rsatuvchi 10-temir yo‘l brigadasiga operativ vakil lavozimiga tayinlanadi.

          Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI