ZAXAROV IVAN NIKOLAYEVICH

   Podpolkovnik Zaxarov Ivan Nikolayevich, 1911-yil 14-noyabrda Komi ASSRning Udorskiy tumanidagi Shilyaeyevo qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti to‘liqiz o‘rta, 1947-yilda Naxichevan shahridagi 3-sonli o‘rta maktabning 9-sinfini tamomlagan.

      1939-yilning iyul oyida IIXK chegara va ichki qo‘shinlar Novo-Petergof harbiy-siyosiy bilim yurtini tamomlagandan so‘ng Murmansk okrugiga IIXK chegara qo‘shinlarining 35-chegara qo‘shinlari otryadiga maxsus bo‘lim operativ vakil yordamchisi lavozimiga tayinlanadi. 1941-yilning dekabr oyidan 1942-yilning oktabr oyiga qadar Murmansk okrugi chegara qo‘shinlari IIXK maxsus bo‘limida katta operativ vakil, 1943 -yilning may oyiga qadar Kareliya fronti tarkibidagi IIXK 82-alohida chegara polkida maxsus bo‘lim katta operativ vakili, 1943-yilning may oyidan 1944-yilning oktabr oyiga qadar Kareliya fronti tarkibidagi 82-alohida chegara polkida Murmansk yo‘nalishi bo‘yicha “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limida katta operativ vakil, 1944-yilning oktabr oyidan Murmansk chegara okrugi 82-alohida chegara polkida “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida xizmat qiladi.

      Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “Qizil bayroq” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Zapolyare mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli kuchlarga 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“QIZIL BAYROQ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“ZAPOLYARE MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI