ZARIPOV MATYAKUB

        Praporshik Zaripov Matyakub, 1918-yil 19-mayda Xorazm viloyatining Urganch tumanida tugʻilgan, millati oʻzbek, maʻlumoti oʻrta, 1937-yilda Urganch shahridagi oʻrta maktabni tamomlagan.

        Xizmatni 1942-yilning iyun oyida Stalingrad, Janubiy va Donskoy frontlari tarkibidagi 5-zarbdor armiyaning 1931-alohida kabel rotasida qizil armiyasi sifatida boshlaydi. 1943 -yilning may oyidan 1946-yilning may oyiga qadar 2 va 3-Ukraina frontlari tarkibidagi 31-gvardiya oʻqchilar korpusining 134-alohida aloqa batalonida qizil armiyasi safida xizmat qiladi.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun”, “Jasurligi uchun”, “II va III darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulugʻ Vatan urushida qozonilgan gʻalabaga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“III DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUGʻ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN GʻALABAGA 30 YIL” MEDALI