ZABRUSKOV PETR GRIGORYEVICH

       Mayor Zabruskov Petr Grigoryevich, 1925-yil 12-iyunda Qozog‘iston SSRning Kustanay viloyatida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1943-yilda o‘rta maktabning 10-sinfini tamomlagan.

       1943-yilning yanvar-avgust oylarida Tallinn harbiy piyodalar bilim yurti kursanti bo‘lgan. 1943-yilning oktabr oyiga qadar xizmatni 1-Ukraina fronti tarkibidagi 110-gvardiya o‘qchilar diviziyasining 307-gvardiya o‘qchilar polki aloqa vzvodida telefonist lavozimida xizmat qiladi. Jangada yaralanib, 1943-yilning oktabr-dekabr oylarida 3378-sonli evakuatsiya gospitali (Kobelyaki sh.)da davolanadi. 1943-yilning dekabr oyidan 1945-yilning avgust oyiga qadar 1-Ukraina fronti artilleriya qo‘mondonligi boshqarmasining aloqa vzvodi va Karpatbo‘yi harbiy okrugi tarkibidagi 213-o‘qchilar diviziyasida telefonist lavozimida faoliyat olib borgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20-yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI