YUDIN ALEKSEY SERGEYEVICH

        Katta leytenant Yudin Aleksey Sergeyevich, 1909-yil 12-fevralda Tambov viloyatining Pichaevo qishlog’ida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti boshlang’ich, qishloq maktabining 3-sinfini tamomlagan.

   1941-yil avgustdan 1942-yil oktabrgacha bo’lgan davrda G’arbiy frontning 22-armiyasining 76-motomexanizatsiyalashgan polkining 139-artilleriya diviziyasida Qizil Armiya askari bo’lib xizmat qiladi. 1942-yil oktabrdan 1943-yil martgacha yaralanganligi sababli evakuatsiya gospitali (Moskva sh.)da davolanadi. Sog’aygandan so’ng IIXK harbiy asirlari lagerlarining normirovshik texnigi sifatida yuborilgan (Toshkent viloyatining Bekobod sh.).

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Jasurligi uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI