YESIMCHUK ANTON VASILYEVICH

        Katta leytenant Yesimchuk Anton Vasilyevich,
1909-yilda Belorussiya SSR Minsk viloyatining Rudinskiy tumanidagi Tolkacheyevich qishlog‘ida tug‘ilgan, millati  belorus, ma’lumoti o‘rta, 1937-yilda industriya texnikumini tamomlagan.

        Xizmatni 1940-yilda O‘zSSR IIXK siyosiy bo‘limi katta noziri lavozimida boshlaydi. 1942-yilning may oyidan
1943-yilning oktabr oyiga qadar alohida o‘qchilar brigadasida “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi operatv vakili lavozimida xizmat qilgan. 1943-yil 7-oktabrda urushda halok bo‘ladi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI