YERSHOVA EMILIYA FEDOROVNA

        Praporshik Yershova Emiliya Fedorovna, 1925-yil
28-aprelda Ukraina SSRning Odessa shahrida tug‘ilgan, millati grek, ma’lumoti o‘rta, 1941-yilda o‘rta maktabning 9-sinfini tamolagan.

        1941-yilning iyun oyidan 1944-yilning yanvar oyiga qadar 14-armiyaning 28-o‘qchilar diviziyasi va alohida qurilish bataloniga qarashli 4230-sonli evakuatsiya gospitalida hamshiralik qilgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “I, II, III darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 30 yil” “Qurolli Kuchlarga 50, 60 va 70 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“III DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 60 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 70 YIL” MEDALI