YERMOSHIN YAKOV ANTONOVICH

 

        Leytenant Yermoshin Yakov Antonovich, 1916-yil
13-noyabrda Saratov viloyatining Saltikovskiy tumanidagi Baxshetivka qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti boshlang‘ich, 1939-yilda qishloq maktabining 4-sinfini tamomlagan.

       1938-yilning oktabr oyidan 1940 -yilning dekabr oyiga qadar O‘rta Osiyo harbiy okrugi tarkibidagi 68-tog‘ o‘qchilari diviziyasining 313-tog‘ o‘qchilari polki aloqa rotasida vzvod komandiri lavozimida xizmatni o‘taydi. 1942-yilning mart oyiga qadar O‘zSSR IIXK Kogon shahar bo‘linmasida bo‘linma komandiri lavozimida xizmat qiladi.
1942-yilning mart oyidan 1943-yilning mart oyiga qadar Shimoliy-g‘arbiy va Janubiy-g‘arbiy frontlari tarkibiga kiruvchi 78-o‘qchilar diviziyasining 620-alohida aloqa batalonida aloqa vzvodi shtab komandiri yordamchisi, rota shtabi starshinasi, telefon-telegraf ustasi lavozimlarida xizmat faoliyatini olib boradi. 1943-yilda Janubiy-g‘arbiy front tarkibiga kiruvchi 78-o‘qchilar diviziyasining 458-o‘qchilar polkida aloqa rotasi komandirining o‘rinbosari bo‘lgan. 1944-yilning avgust oyida Kuybishev harbiy aloqa bilim yurti (Saratov sh.)ni tamomlagandan so‘ng IIVning temiryo‘lni qo‘riqlash bo‘yicha 32-qo‘shin brigadasining aloqa tarmog‘i boshlig‘i lavozimida xizmat qiladi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“YAPONIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI