YERMOLAYEV FEDOR YERMOLAYEVICH

      Polkovnik Yermolayev Fedor Yermolayevich, 1904-yil 19-iyulda Kalinin viloyatining Xolmskiy tumanidagi Abrasimovo qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti to‘liqsiz o‘rta, 1916-yilda Kalinin viloyatidagi o‘rta maktabni tamomlagan.

        1941-yil iyun oyida IIXK Oliy maktabini tamomlagandan so‘ng G‘arbiy harbiy okrug (Minsk sh.)ning tergov yo‘nalishi bo‘yicha 3-bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlanadi. 1941-yilning oktabr oyidan 1944-yilning fevral oyiga qadar Volxov fronti tarkibidagi 52-armiyaning IIXK maxsus bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida xizmatni davom ettiradi. 1944-yilda 2-Ukraina frontiga qarashli 52-armiyaning 2-tankchilar armiyasida, keyinchalik 2 va 3-Boltiqbo‘yi fronti tarkibidagi 54-armiyaning “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limida boshliq lavozimlarida xizmat qiladi. 1945-yilning fevral-may oylari davomida 3-Ukraina fronti tarkibidagi 26-armiyada “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “Qizil bayroq”, “I darajali Vatan urushi”, “Lenin” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jasurligi uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“QIZIL BAYROQ” ORDENI

“I DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“LENIN” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI