YERIMBETOV YULDASH YERIMBETOVICH

      Mayor Yerimbetov Yuldash Yerimbetovich, 1922-yil 1-dekabrda Xorazm viloyatining Mang‘it tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’luomti o‘rta, 1939 -yilda Mang‘it tumanidagi o‘rta maktabni tamomlagan.

          1941 -yilning iyul-dekabr oylari davomida 1075-o‘qchilar polki (Olmaota)da O‘rta Osiyo harbiy okrugi tarkibidagi 91-alohida o‘qchilar batalonida razvedka rotasida siyosiy masalalar bo‘yicha rahbar o‘rinbosari lavozimida xizmat qiladi. 1942-yilning may oyida Stalingrad fronti tarkibidagi 316-o‘qchilar diviziyasining 1075-o‘qchilar polkida siyosiy masalalar bo‘yicha boshliq o‘rinbosari, 1943-yilning iyul oyiga qadar Bryansk fronti tarkibidagi 250-o‘qchilar diviziyasining 918-o‘qchilar polkida vzvod komandiri lavozimlarida xizmat qiladi. 1943-yilning sentabr oyida 11-gvardiya armiyasi 7-o‘qchilar korpusining 2-armiya axloq tuzatish rotasiga vzvod komandiri etib tayinlanadi. Xizmatni 1944-yilning may oyida 2-Boltiqbo‘yi fronti tarkibidagi 8-gvardiya o‘qchilar diviziyasining 23-gvardiya polkida o‘qchilar vzvodi komandiri, 1944-yilning oktabr oyida 1-Boltiqbo‘yi fronti tarkibidagi 10-armiya 8-gvardiya o‘qchilar diviziyasida 23-gvardiya o‘qchilar polkining vzvod komandiri lavozimlarida xizmat o‘taydi. 1945-yilning fevral oyidan boshlab, Kiev harbiy okrugi tarkibidagi 59-alohida ofitserlar polkiga zaxiraga olinadi. Harbiy xizmati davomida 5 marotaba turli darajada jarohat oladi va gospitalda davolanadi.

          Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “II darajali Vatan urushi” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI