YEPIFANSYEV GENNADIY IVANOVICH

      Kichik leytenant Yepifansyev Gennadiy Ivanovich, 1918-yil 23-dekabrda Chkalov viloyatining Ponomareyevskiy tumanidagi Sofieyevka qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1938-yilda Chkalov viloyatidagi o‘rta maktabni tamomlagan.

           1940-yil yanvar oyidan 1942-yil may oyiga qadar Shimoliy front tarkibidagi 114-o‘qchilar diviziyasining 217-alohida zenit-artilleriya batareyasida navodchik, 1942-yilda Shimoliy front tarkibidagi 7-alohida armiyaning 4-o‘qchilar korpusida artilleriya shtabi mirzosi (kotibi), 1942-yilning noyabr oyidan 1944-yilning mart oyiga qadar Kareliya fronti tarkibidagi 7-alohida armiyaning 272-o‘qchilar diviziyasi 815-artilleriya polkida xizmat qilgan. 1944-yilning aprel oyida Lepel harbiy piyodalar bilim yurtiga o‘qishga qabul qilinadi, u yerdan “SMERSH” Toshkent maktabiga o‘tkaziladi.