YEMELYANOV SERGEY IVANOVICH

      Katta leytenant Yemelyanov Sergey Ivanovich, 1921-yil 1- dekabrda Mordoviya ASSRning Dubenskiy tumanidagi Cheberchino qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1939-yilning sentabr oyiga qadar IIVning Moskva yo‘l-mexanika texnikumida tahsil olgan.

      Xizmatni 1940-yilning avgust oyida Tinch okeani Flotidagi 1-suvosti kemalari brigadasi (Vladivostok)da shifrovalchisi lavozimida boshlaydi. 1942-yilning avgust oyidan Kaspiy harbiy Flotiliyasi tarkibidagi Maxachkala harbiy dengiz bazasida shifrovalchi lavozimida xizmat qiladi. 1943-yiling may oyida Kaspiy harbiy Flotiliyasi shtabi aloqa bo‘limi (Baku sh.)ga shifrovalchi lavozimga tayinlanadi. 1946-yilning dekabr oyigacha Kaspiy harbiy Flotiliyasi 1-alohida 3-rang kemalari divizionining bosh bazasi suv hududlarini qo‘riqlash boshqarmasida 1-alohida suvosti kemalari divizioni shtabida shifrovalchilar postida starshina lavozimida xizmat qiladi.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Kavkaz mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Harbiy jasorati uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“KAVKAZ MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“HARBIY JASORATI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI