YEMELYANOV ALEKSANDR DMITRIYEVICH

kapitan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Shuxrat ordenining to‘liq sohibi 31.05.1945

1923-yil 4-aprelda hozirgi Samara viloyati Borskiy tumanidagi Sokovninka qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. Rus. 8-sinfni tugatgan.
O‘zbekistonda yashagan. 1941-yilda Toshkent texnikumining 6 oylik kursni tugatagan. Qashqadaryo viloyati, Koson shahridagi Rayvodxozda katta texnik-topograf, dispetcheri bo‘lib ishlagan. 1941-yil dekabrda Qizil Armiya safiga chaqirilgan va Chardjou shahrida (Turkmaniston) evakuatsiya qilingan Oryol harbiy piyoda maktabiga kursant sifatida qabul qilingan. Ammo o‘qishni tugata olmaydi.
1942-yil avgustda maktabdan 333-o‘qchi diviziyasi tashkil etilayotgan Orenburg viloyatiga yuborilagan. 1942-yil oktabrdan frontda. Janubi-G‘arbiy, G‘arbiy va 1 Belorusiya frontlarida jang qilgan.
1944-yil kuziga kelib, katta serjant Emelyanov 76-o‘qchi diviziyasi 207- o‘qchi polkining piyoda razvedka vzvodi komandirining yordamchisi bo‘lgan. Polshani ozod qilishda jonbozlik ko‘rsatagan.
1944-yil 14-sentabrda katta serjant Emelyanov Varshava (Polsha) chekkasiga birinchilardan bo‘lib etib borib, kuzatuv punktini tiklaydi va 2 kun davomida qo‘mondonlikni razvedka ma’lumoti bilan ta’minlaydi.
1944-yil 20-sentabrdagi 76-piyodalar diviziyasining buyrug‘i bilan katta serjant Emelyanov Aleksandr Dmitrievich III-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil 18-19-yanvarda Visla daryosidan kechib o‘tib, 20 yanvargacha Plotsk (Polsha) hududida katta serjant Emelyanov bir necha bor muhim ma’lumotlarni qo‘lga kiritib, dushman himoyasidagi o‘t ochish tizimini aniqlaydi.
1945-yil 9-fevraldagi 47-armiya buyrug‘i bilan katta serjant Emelyanov Aleksandr Dmitrievich II-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil 8-11-fevralda Doych-Kron (Valts, Polsha) shahri yaqinida dushman mudofaasini yorib o‘tishda, katta serjant Yemelyanov vzvodi bilan birinchilardan bo‘lib, dushman trasheyalariga yorib kiradi, o‘t ochish nuqtasini aniqlaydi va hujumni muvaffaqiyatli amalga oshishiga yordam beradi. Jangda 12 ta fashist asirga oladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 31-maydadagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, katta serjant Emelyanov I-darajali «Shuxrat» ordeni bilan taqdirlangan.
Urushdan keyin armiyada, Volga harbiy okrugining harbiy qismlarida, Vengriya va Avstriyada (Markaziy kuchlar guruhi tarkibida) xizmatini davom ettirgan.
1955-yil oktabrda kapitan Emelyanov zahiraga bo‘satilgan Snejinsk shahrida yashagan. 1992-yil 8-avgustda vafot etgan.

"SHUXRAT" ORDENINING TO'LIQ SOHIBI