YEGOROV VASILIY PETROVICH

       Kichik leytenant Yegorov Vasiliy Petrovich, 1921-yil 12-martda Leningrad shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1939-yilda Leningrad shahridagi o‘rta maktabni tamomlagan.

          1939-yilning oktabr oyidan 1941-yilning iyul oyiga qadar havo hujumidan himoyalovchi 16-zenit-artilleriya polka (Leningrad sh.)da qizil armiyachi sifatida xizmat qiladi. 1941-yilda Janubiy-g‘arbiy front tarkibidagi 12-armiyaning zenit-artilleriya divizionida bo‘linma komandiri, 1942-yilning aprel oyiga qadar Janubiy-g‘arbiy front tarkibidagi 12-armiyaning zaxira artilleriyasi 374-artilleriya polkida bo‘linma komandiri lavozimlarida xizmat qiladi. 1942-yilda Janubiy-g‘arbiy front tarkibidagi 12-armiyaning 620-alohida zenit-pulemyotchilar rotasida bo‘linma komandiri, 1942-yilning sentabr oyidan 1943-yilning mart oyiga qadar Shimoliy Kavkaz fronti tarkibidagi 18-armiyaning havo hujumidan himoyalovchi 236-artilleriya polkida bo‘linma komandiri lavozimlarida xizmat qilgan. 1945-yilning may oyiga qadar Krasnodar minomyotchilar bilim yurti kursanti, keyinchalik “SMERSH” kontrrazvedka Bosh boshqarmasi qoshidagi Toshkent maktabi tinglovchisi bo‘lgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI