YEGOROV IVAN TIMOFEYEVICH
kapitan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Shuxrat ordenining to‘liq sohibi (15.05.1946)
1925-yil 5-yanvarda Nijniynovgorod viloyati, Sosnovskiy tumani Lushnikovo qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. Rus. 7-sinfni tugatgan. Kolxozda ishlagan. 1943-yildan Qizil Armiyada. Kichik komandirlar maktabini tamomlagan.
1943-yil avgustdan Ikkinchi jahon urushida. O‘qchi polkida pulemyotchisi bo‘lib xizmat qilgan. Kurskdagi janglarda yaralangan. Davolanishdan so‘ng, Egorov chang‘i batalyoniga razvedkachi bo‘lib o‘tadi. Jlobin shahri (Gomel viloyati) yaqinida jangovar vazifani bajarishda yana jarohat oladi.
Davolanishdan so‘ng, 282-minomyotchilar polkiga razvedkachi etib tayinlanadi. 282-minomyotchilar polkining batareysi razvedka guruhi komandiri (32-minomyot brigadasi, 22-artilleriya diviziyasi, 8-gvardiya armiyasi, 1-Belorusiya fronti) serjant Egorov 1944-yil 18-iyulda Godovich qishlog‘ida (Volin viloyatining Kovel tumani) dushman mudofaasini yorib o‘tishda, hujumchilar zanjirida bo‘lib, artilleriyani aniqlangan dushman nishoniga yo‘naltirib bergan. 1944-yil 1-avgustda Varka (Polsha) shahridan 10 kilometr shimoli-sharqda birinchi eshalonda Visla daryosini kechib o‘tib, batareya oloviga aniqlangan dushman nishonlarni beradi.
1944-yil 19-avgustda yarador vzvod komandirini jang maydonidan olib chiqadi. 1944-yil 12-dekabrdagi 22-artilleriya diviziyasi komandirining buyrug‘iga binoan, serjant Egorov III-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil 6-7 martda Egorov (shu bo‘linma tarkibida) Massov shahri uchun (hozirgi Mashevo, Polsha) jangida dushmanning 8 ta plumyot o‘t ochish nuqtalarini, 2 ta kuzatuv postlarini va 81-mm minomyot batareyasini aniqlab o‘z artilleriyasiga nisjonning koordinatalarini beradi. Nishonlar yakson qilinadi. Altdam shahrini (hozirgi Dombe, Polsha) shturm qilishda ko‘cha janglarida dushmanning 6 ta askarini shaxsiy qurolidan o‘ldiradi, og‘ir pulemyot nuqtasini yo‘q qiladi va pulemyotchini asirga oladi.
1945-yil 15-21-aprelda Kustrin shahri (hozirgi Kostjtsin, Polsha) hududida o‘tkazilgan hujumda (shu brigada, diviziya, 33-armiya, 1-Belorusiya fronti) Yegorov jangchilari bilan birga dushmanning o‘t ochish qurollari va muhandislik qurilmalarini razvedka qilishda dushmanning 40 tacha nishonini aniqlaydi. Dushmanning qarshi hujumini qaytarishda, o‘qchi rotasining jangovor safida bo‘lib, shaxsan 3 ta fashistni yo‘q qiladi va 4 ta yarador askarga yordam beradi. Berlindagi janglarda mohirona harakat qiladi va yana 4 ta dushman askarini o‘ldiradi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1946-yil 15-maydagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, kapitan Ivan Timofyevich Yegorov I-darajali «Shuxrat» ordeni bilan taqdirlangan.
1950-yil starshina lavozimida zaxiraga bo‘shatilgan. Qarshi shaxrida non xojaligi boshqarmasida ishlagan. 2004-yil Astraxan viloyati Axtubinsk shaxrida yashagan.
2019-yil 7-may kuni vafot etgan.