YASIREV ANATOLIY KONSTANTINOVICH

       Kapitan Yasirev Anatoliy Konstantinovich, 1921-yil 29-dekabrda Ryazan viloyatida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti o’rta, 1940-yil Leningrad shahridagi 14-o’rta maktabning 10-sinfini tamomlagan.

        Xizmatni 1940-yil oktabr oyida Leningrad harbiy okrugidagi 472-alohida radiodivizionda oddiy radiorazvedkachi lavozimida boshlaydi. 1941-yilning avgust oyida Leningrad frontining oldingi chizig’ida “OSNAZ” 623-alohida radiodivizionida katta radiotelegrafist lavozimida xizmat qilgan. 1944-yilning mart oyida Leningrad harbiy aloqa bilim yurtiga o’qishga jo’natiladi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Leningrad mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “II darajali benuqson xizmatlarri uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“LENINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI