YASHISHIN KALISTRAT IGNATOVICH

         Kichik leytenant Yashishin Kalistrat Ignatovich, 1917-yil 28-sentabrda Kamenes-Podolsk viloyatining Voljskiy tumani Belkovtso qishlog‘ida tug‘ilgan, millati ukrain, ma’lumoti to‘liqsiz  o‘rta, 1934-yilda Voljskiy tumanidagi qishloq maktabining 9-sinfini tamomlagan.

        Xizmatni 1938-yil noyabrda 6477-sonli harbiy qismda (Samarqand) Qizil Armiya askari sifatida boshlagan. 1939-yil maydan 1941-yil aprelgacha O‘rta Osiyo harbiy okrugining 19-tog‘ otliq diviziyasi IIXK maxsus bo‘limi kotibi, operativ xodim yordamchisi lavozimlarida xizmat qilgan. 1941-yil avgustgacha 1022-sonli harbiy qismning (Samarqand) 3-bo’limi operativ vakili, 1941-yil avgustdan sentabrgacha Shimoliy Kavkaz frontining 19-otliq diviziyasi IIXK maxsus bo‘limi operativ xodimi bo‘lgan. Frontda nomsiz yo‘qolgan.