YARKOV VLADIMIR MIXAYLOVICH

    

        Mayor Yarkov Vladimir Mixaylovich, 1923-yil
28-sentabrda Chelyabinsk shahrida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti o’rta, 1942-yilda 1-Leningrad artilleriya bilim yurtini tamomlagan.

        1942-yil dekabr oyida bilim yurtini tamomlagandan so’ng Bryansk frontining zaxira ofitserlar korpusining vzvod komandiri bo’lib xizmatni boshlaydi. 1943-yil yanvardan 1945-yil iyulgacha o’t ochish vzvod komandiri, Bryansk, Markaziy va 1-Ukraina frontlarining 280-o’qchilar diviziyasi 840-artilleriya polkining razvedka bo’limi boshlig’i bo’lgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Berlinni ishg’ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI