YANKOV GRIGORIY TRIFONOVICH

        Mayor Yankov Grigoriy Trifonovich, 1918-yil
23-noyabrda Oltoy o’lkasining Parfenov tumanidagi Verxnyaya rechka qishlog’ila tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti o’rta, 1938-yil Barnaul pedagogika bilim yurtini tamomlagan.

        1941-yil iyuldan 1943-yil dekabrgacha bo’lgan davrda
1-Boltiqbo’yi fronti tarkibidagi 4-zarbdor armiyaning “SMERSH” kontrrazvedka boshqarmasining 7-alohida xavfsizligi vzvodi komandiri, rota komandiri o’rinbosari lavozimlarida xizmat qilgan. 1943-yil dekabrdan 4-zarbdor armiyaning “SMERSH” kontrrazvedka bo’limi zaxirasining operativ xodimi bo’lgan. 1944-yilda 4-zarbdor armiyaning 357-o’qchi diviziyasi “SMERSH” kontrrazvedka bo’limining operativ xodimi, 1944-yil maydan 1945-yil sentabrgacha 4-zarbdor armiyaning “SMERSH” kontrrazvedka
1-bo’limining operativ xodimi bo’lib xizmat qiladi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”,  “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI