YANEVICH NIKOLAY GEORGIYEVICH

   

        Podpolkovnik Yanevich Nikolay Georgiyevich, 1919-yil
4-iyulda Shimoliy Kavkazning Pyatigorsk shahrida tug’ilgan, millati ukrain, ma’lumoti tugallanmagan oliy, 1937-yil avgustda Xarkov aviatsiya institutining 1-kursini tamomlagan.

        1941-yilda 12-armiya IIXK 2-maxsus bo’limi operativ xodimi, G’arbiy frontning 7-alohida brigadasi IIXK maxsus bo’limi boshlig’ining o’rinbosari lavozimlarida xizmat qilgan. 1942-yil fevraldan 1943-yil noyabrgacha Shimoliy-g’arbiy frontning 4-gvardiya havo-desant diviziyasi IIXK maxsus bo’limining katta operativ xodimi bo’lgan. 1944-yil martgacha Belorus fronti tarkibidagi 2-gvardiya havo-desant hujum bo’limi “SMERSH” kontrrazvedka bo’limi boshlig’ining o’rinbosari. 1944-yil martdan 1945-yil maygacha 4-gvardiya havo-desant diviziyasining “SMERSH” kontrrazvedka bo’limining katta operativ xodimi, 2-Ukraina fronti 52-armiyasining 373-o’qchi diviziyasining “SMERSH” kontrrazvedka boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari bo’lib xizmat qilgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI