YAMPOLSKIY ANISIM ROMANOVICH

 

        Podpolkovnik Yampolskiy Anisim Romanovich, 1902-yil 10-mayda Ukraina SSRning Kiev viloyatida tug’ilgan, millati yahudiy, ma’lumoti tugallanmagan o’rta, 1913-yilda Podolsk viloyatidagi qishloq maktabini tamomlagan.

        1939-yil dekabrdan Finlyandiya frontining Karel bo’yidagi 24-o’qchilar diviziyasi, 19- va 3-o’qchilar korpusida Shimoliy-g’arbiy front maxsus bo’limi boshlig’ining o’rinbosari sifatida janglarda qatnashadi. 1940-yil yanvarda Vologda harbiy okrugi IIXK maxsus bo’limi boshlig’ining o’rinbosari, 1940-yil martda 53-o’qchilar korpusi (Omsk) IIXK maxsus bo’limi boshlig’i lavozimlarida faoliyat olib boradi. 1941-yil avgustdan noyabrgacha 89-o’qchilar diviziyasi IIXK maxsus bo’limi  boshlig’i sifatida G’arbiy frontdagi janglarda qatnashgan.  

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil bayroq” va “Lenin” ordenlari bilan taqdirlangan.

“QIZIL BAYROQ” ORDENI

“LENIN” ORDENI