YAKUBOV DJALIL YAKUBOVICH

 

        Kapitan Yakubov Djalil Yakubovich, 1922-yil 22-iyunda Toshkent shahrida tug’ilgan, millati o’zbek, ma’lumoti oliy,
1940-yil 1-Toshkent pedagogika bilim yurtini, 1950-yil Toshkent pedagogika institutining kechki bo’limini tamomlagan.

        Xizmatni 1940-yil noyabrda 844-sonli zahiradagi o’qchilar polkida (37-motorli o’q otish polki) oddiy pulemyotchi sifatida boshlaydi. 1941-yil aprel oyidan boshlab Janubiy-g’arbiy frontning 37-motoo’qchilar polkida, 10-alohida artilleriya diviziyasida, Janubiy-g’arbiy frontning 227-alohida zenit-artilleriya diviziyasida pulemyotchi sifatida jangovar harakatlarda qatnashadi. 1942-yil yanvaridan 1945-yil maygacha Stalingrad, Donskoy, 4-Ukraina frontlari, 1-Belorus frontining oldingi chizig’ida 18-zenit diviziyasining 297-zenit artilleriya polkida xizmat qilgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Jasurligi uchun”, “III darajali benuqson xizmatlari uchun” va “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“III DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI