XOSONOV BORIS XARITONOVICH

        Mayor Xosonov Boris Xaritonovich (Bimbolat Xadjimurzayevich), 1923-yil 20-avgustda Shimoliy Osetiya ASSRnin Pravobereje tumanida tug’ilgan, millati osetin, ma’lumoti oliy, 1944-yil mart oyida Astraxan aviatsiya muhandislik bilim yurtini tamomlagan.

         1942-yil avgustdan oktabrgacha birlashgan kadetlar polki tarkibida Stalingrad frontidagi janglarda qatnashdi. Aviamexanika bilim yurtida o’qishni tamomlagandan so’ng, 4-Ukraina frontini Qrim uchun jangda qatnashayotgan 74-gvardiya hujum-aviatsiya polkiga aviatsiya mexanigi sifatida yuborildi. 1944-yil may oyida Belorussiya va Polshani ozod qilishda ishtirok etgan 2-Belorus frontining 979-havo qiruvchi polkining aviatsiya mexanigi etib tayinlandi.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Varshavani ozod qilganligi uchun”, “Harbiy jasorati uchun”, “III darajali benuqson xizmatlari uchun” va “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“VARSHAVANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“HARBIY JASORATI UCHUN” MEDALI

“III DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI