XLOPYEV SERGEY GRIGORYEVICH

        Kapitan Xlopyev Sergey Grigoryevich, 1912-yil 15-sentabrda Smolensk viloyati Ponizovskiy tumani Grishkuniy qishlog’ida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti o’rta, 1935-yilda Smolensk viloyati Yartsevskiy tibbiyot texnikumini tamomlagan.

            1941-yil iyun oyidan boshlab G’arbiy frontning 44-o’qchilar korpusi 249-alohida aloqa batalyonida katta harbiy feldsher sifatida, 1941-yil sentabrdan Volxov frontining 8-armiyasining 989-alohida kabel-qutb rotasi tarkibida frontda janglarda qatnashdi. 1942-yil avgustdan 1946-yil yanvargacha Leningrad, Volxov, Janubiy-g’arbiy, 1-Belorus frontlarii va Germaniyadagi harbiy kuchlar tarkibidagi 115-alohida gvardiya minomyotchilar diviziyasi tarkibida jangovar harakatlarda qatnashgan. 1944-yil 2-sentabrdagi jangovar harakatlariga berilgan ta’rifdan: “dushman samolyotlari tomonidan katta reyd paytida, kuchli o’qqa tutish va bombardimon qilinishiga, o’zi yarador bo’lishiga qaramay, o’rtoq Xlopyev yaradorlarga yordam berishdek vazifasini o’z vaqtida bajarishda davom etib, o’zini evakuatsiya qilishlarini rad etdi”.

            Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “Qizil bayroq”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”,  “Berlinni ishg’ol etganligi uchun”, “Leningard mudofaasi uchun”, “Varshavani ozod qilganligi uchun”, “Jasurligi uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“QIZIL BAYROQ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“LENINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“VARSHAVANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI