XAZOV GEORGIY PETROVICH

     Podpolkovnik Xazov Georgiy Petrovich, 1916-yil 25-aprelda Oryol viloyatida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti o’rta, 1937-yilda Moskva go’sht va sovutish sanoati texnikumini tamomlagan.

    1941-yil sentabr oyida Xarkovdagi akademiyani tamomlagandan so’ng Moskva harbiy okrugining 30-zaxira brigadasi 107-o’qchi polkining oziq-ovqat ta’minoti boshlig’i etib tayinlandi. 1942-oktabrda  Shimoliy-G’arbiy frontga 3-chang’i brigadasining oziq-ovqat ta’minoti boshlig’ining yordamchisi sifatida yuborildi. 1943-yil apreldan 1945-yil iyulgacha 1-Boltiqbo’yi frontining 44-zenit artilleriya diviziyasining oziq-ovqat ta’minoti boshlig’i.

       Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI